Valyuta kurslari 19/06/2025
$1 – 12618.63
UZS – -0,39%
€1 – 14516.47
UZS – -0,85%
₽1 – 160.83
UZS – -0,2%
Qidirish
O‘zbekiston 31/05/2025 Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Turkiy tilli madaniyat jamgʻarmasi prezidenti bilan mamlakatning aʼzolik istiqbollarini muhokama qildi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Turkiy tilli madaniyat jamgʻarmasi prezidenti bilan mamlakatning aʼzolik istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning 29-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi prezidenti Aktoti Raimkulova o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonning Jamg‘armaga to‘laqonli a’zo sifatida qo‘shilish jarayoni, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlari doirasida ilgari surilgan tashabbuslarni hamda turkiy madaniy merosni asrab-avaylash va ommalashtirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni samarali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Jamg‘arma doirasida turkiy hamkorlikning dolzarb mavzularini ilgari surish bo‘yicha muloqotni davom ettirish va sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling