Valyuta kurslari 17/11/2025
$1 – 12039.61
UZS – 0,45%
€1 – 13992.43
UZS – 0,5%
₽1 – 149.17
UZS – 0,21%
Qidirish
Oʻzbekiston Sport vazirligida AQSh elchisi bilan xalqaro sport hamkorligi boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Sport vazirligida AQSh elchisi bilan xalqaro sport hamkorligi boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Sport vazirligida AQSh elchisi bilan xalqaro sport hamkorligi boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun Sport vazirligida AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Jonatan Xenik ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Vazirlik, Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati qatnashib, tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi sport sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Maʼlumki, AQSh 2026-yil futbol boʻyicha jahon chempionati mezbonlaridan biri, shuningdek, 2028-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarini qabul qiladigan mamlakat sanaladi.

Shu munosabat bilan, uchrashuv davomida delegatsiyamizning ushbu yirik xalqaro musobaqalardagi ishtirokini ta’minlash, tashkiliy masalalarni kelishib olish hamda hamkorlikni yanada kengaytirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Xususan, janob Xenik oʻzbek sportida erishilayotgan ulkan yutuqlar, har ikki mamlakat yetakchilari oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni eʼtirof etib, elchixona zarur hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling