Valyuta kurslari 06/02/2026
$1 – 12279.48
UZS – 0,11%
€1 – 14508.21
UZS – 0,11%
₽1 – 159.25
UZS – 0,11%
Qidirish
Oʻzbekiston Senati Vengriya bilan ekstraditsiya shartnomasini ratifikatsiya qildi

Oʻzbekiston Senati Vengriya bilan ekstraditsiya shartnomasini ratifikatsiya qildi

Oʻzbekiston Senati Vengriya bilan ekstraditsiya shartnomasini ratifikatsiya qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning o‘n uchinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Vengriya o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risidagi Shartnomani (Budapesht, 2025-yil 20-may) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi va Vengriya o‘rtasida jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam sohasida aloqalarni tartibga solishni, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik mexanizmlarini yana-da takomillashtirishni nazarda tutadi.

Shartnomada ushlab berishni amalga oshirish shartlari, so‘rovlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi, ushlab berishni rad etish asoslari, shuningdek, shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga doir normalar aniq belgilab qo‘yilgan.

Shartnomaning ratifikatsiya qilinishi ikki davlat o‘rtasida huquqiy sohadagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi.

Qonunning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar doirasidagi majburiyatlari izchil bajarilishini taʼminlash, huquq ustuvorligi tamoyillarini yanada rivojlantirish imkonini beradi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling