Valyuta kurslari 18/12/2025
$1 – 12059.78
UZS – -0,38%
€1 – 14129.24
UZS – -0,73%
₽1 – 150.07
UZS – -1,63%
Qidirish
Oʻzbekiston Senati Turkiya bilan parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash masalasini muhokama qildi

Oʻzbekiston Senati Turkiya bilan parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash masalasini muhokama qildi

Oʻzbekiston Senati Turkiya bilan parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash masalasini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 17-dekabr kuni Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Agzamxodjayev “Turkiya–O‘zbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhi raisi Osman Mestin bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki davlat rahbarlarining qatʼiy siyosiy irodasi va o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona munosabatlari tufayli O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida strategik hamkorlik izchil rivojlanib borayotganligi qayd etildi.

Suhbat chog‘ida ikki mamlakat parlamentlararo hamkorligi jadal rivojlanayotgani qayd etildi, xususan qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, davlatlararo kelishuvlarni ratifikatsiya qilish va erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini taʼminlash orqali ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga salmoqli hissa qo‘shib kelinayotgani taʼkidlandi.

Shuningdek, parlament qo‘mitalari va parlamentlararo hamkorlik guruhlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirish, muntazam muloqot mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma tashabbuslar ishlab chiqish muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling