Valyuta kurslari 06/02/2026
$1 – 12279.48
UZS – 0,11%
€1 – 14508.21
UZS – 0,11%
₽1 – 159.25
UZS – 0,11%
Qidirish
Oʻzbekiston Senati Raisi BMT bilan barqaror rivojlanish va gender tengligi boʻyicha hamkorlikni muhokama qildi

Oʻzbekiston Senati Raisi BMT bilan barqaror rivojlanish va gender tengligi boʻyicha hamkorlikni muhokama qildi

Oʻzbekiston Senati Raisi BMT bilan barqaror rivojlanish va gender tengligi boʻyicha hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabina Mahl bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat barpo etish yo‘lidagi keng ko‘lamli islohotlar, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish borasidagi ishlar hamda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Oliy Majlis Senati va BMT tuzilmalari o‘rtasida amaliy hamkorlikni yana-da kengaytirish, xususan, gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan qo‘shma dastur va tashabbuslarni ilgari surish yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot chog‘ida Osiyo ayollari forumi, Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti  rejalari, shuningdek, BMTning Xotin-qizlar maqomi bo‘yicha komissiyasi sessiyalari doirasida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsallarini amalga oshirish bo‘yicha milliy va hududiy darajadagi mexanizmlarni takomillashtirish, mahalliy Kengashlar faoliyatini institutsional rivojlantirish, deputatlarni o‘qitish va metodik qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yuzasidan qator kelishuvlarga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling