Valyuta kurslari 06/11/2025
$1 – 11970.67
UZS – 0,17%
€1 – 13748.31
UZS – 0,03%
₽1 – 147.59
UZS – -0,07%
Qidirish
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Xitoyning PENGKAI kompaniyasining suvni tozalash boʻyicha tajribasini oʻrgandi

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Xitoyning PENGKAI kompaniyasining suvni tozalash boʻyicha tajribasini oʻrgandi

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Xitoyning PENGKAI kompaniyasining suvni tozalash boʻyicha tajribasini oʻrgandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov Xitoyning Guangzhou Pengkai Environment Technology Corp. kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.

Kompaniya 2011 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Guandun provinsiyasining Guanchjou shahrida joylashgan.

PENGKAI — suv va chiqindi suvni tozalash, qayta ishlash hamda ekologik xavfsizlik uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoydagi yetakchi beshta korxonadan biri hisoblanadi.

Korxona yiliga 500 ming kub metrlik uskunalar ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Biologik va kimyoviy usullarda ishlov beruvchi integral suv tozalash tizimlari, RO, UF, MBR va EDI texnologiyalari asosidagi qurilmalarni ishlab chiqaradi.

Ishlab chiqarish jarayonidagi chiqindi suvning 60 foizi qayta ishlanadi.

Kompaniya mahsulotlari 40 dan ortiq mamlakatlarga eksport qilinadi, ishlab chiqarish ISO 9001 xalqaro standartiga mos.

Uchrashuvda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida suv tozalash inshooti qurilishi loyihasi doirasida PENGKAI uskunalaridan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Loyiha amalga oshirilgandan so‘ng, Paxtaobod va Yuqori Chirchiq tumanlaridagi to‘qimachilik sanoati korxonalari xalqaro ekologik talablarga mos tozalangan suv resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa mahsulotlarini Yevropa va AQSH bozorlariga eksport qilish imkoniyatini kengaytiradi.

Uchrashuv yakunida suv xo‘jaligi va infratuzilma sohalaridagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy qadamlar belgilab olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling