Valyuta kurslari 12/12/2025
$1 – 12047.45
UZS – 0,22%
€1 – 14099.13
UZS – 0,79%
₽1 – 151.90
UZS – -2,31%
Qidirish
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi savdoni raqamlashtirish va MDH davlatlarining qoʻshma tashabbuslarini muhokama qildi

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi savdoni raqamlashtirish va MDH davlatlarining qoʻshma tashabbuslarini muhokama qildi

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi savdoni raqamlashtirish va MDH davlatlarining qoʻshma tashabbuslarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi MDHga aʼzo davlatlar savdo-sanoat palatalari rahbarlarining videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ishtirok etdi. Tadbir Tojikiston Savdo-sanoat palatasi raisligida o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Tojikiston, Belarus, Rossiya va O‘zbekiston savdo-sanoat palatalari vakillari qutlov so‘zlari bilan chiqish qildi. O‘zbekiston tomonidan tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisining tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha maslahatchisi Alisher Shayxov ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida innovatsion hamkorlikni rivojlantirish, savdo jarayonlarini raqamlashtirish, tovarlar kelib chiqishi sertifikatlarini elektron tarzda yuritish, mahsulotlarni markirovka qilish va identifikatsiyalash, shuningdek MDH mamlakatlari o‘rtasida ko‘rgazma-yarmarka faoliyatini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston SSP vakillari savdo jarayonlarini yana-da soddalashtirish, texnik talablarni muvofiqlashtirish, elektron hujjatlarni o‘zaro tan olish mexanizmlarini rivojlantirish va biznes tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligini taʼkidladilar.

Shuningdek, O‘zbekistonning mintaqaviy eksport salohiyatini oshirish va davlatlar palatalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro qo‘shma tashabbuslarda faol ishtirok etishga tayyorligi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida 2026 yilda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish va hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling