Valyuta kurslari 13/02/2026
$1 – 12275.58
UZS – -0,1%
€1 – 14591.98
UZS – -0,36%
₽1 – 159.09
UZS – 0,16%
Qidirish
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raqamlashtirish va biznesni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirmoqda

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raqamlashtirish va biznesni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirmoqda

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raqamlashtirish va biznesni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 12 feral kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov Palata jamoasi bilan ishchi yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda Savdo-sanoat palatasi rayosatining qaroriga muvofiq Sherzodxon Rustamovich Ibragimov Palata raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani maʼlum qilinib, jamoaga tanishtirildi.

Yangi o‘rinbosarga raqamlashtirish va “Biznes hamroh” markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish, Palata aʼzolari bilan ishlash va xizmat ko‘rsatish, biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda savdoni rivojlantirish yo‘nalishlari yuklatildi.

Xususan, “Biznes hamroh” markazlari orqali tadbirkorlarga kompleks xizmatlar ko‘rsatish, murojaatlar bilan ishlashni tezkor va shaffof tizim asosida tashkil etish, hududlardagi muammolarni manzilli hal qilish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Yig‘ilish davomida Prezidentning 2024 yil 14 martdagi PQ-126-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Shuningdek, kun tartibiga muvofiq “O‘zbekekspertiza” AJ faoliyatini transformatsiya qilish, tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni berish tartibini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish, tashqi bozorlarga chiqishda amaliy yordamni kuchaytirish hamda tadbirkorlar uchun qo‘shimcha xizmat turlarini joriy etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida masʼul rahbarlarga belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berilib, ijroni qatʼiy nazoratga olish taʼkidlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling