Valyuta kurslari 06/02/2026
$1 – 12279.48
UZS – 0,11%
€1 – 14508.21
UZS – 0,11%
₽1 – 159.25
UZS – 0,11%
Qidirish
Oʻzbekiston Sanoat va savdo vazirligi delegatsiyasi Orano kompaniyasi bilan istiqbolli konlarni muhokama qilish uchun uchrashuv oʻtkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi delegatsiyasi Parijda Fransiyaning Orano kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda tomonlar oʻrtasida Navoiy viloyatining Tomdi tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli maydonlardagi geologiya-qidiruv ishlari va aniqlangan konlarni oʻzlashtirish loyihasi yuzasidan fikr almashdilar.

Xususan, Fransiya kompaniyasi vakillari tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuqori baholanib, loyiha istiqboli hamda oldinda turgan rejalar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi. 

Uchrashuv yakunida, Kon-geologiya vazirining birinchi  oʻrinbosari F.Xamidova tomonidan loyiha doirasida oldinga qoʻyilgan maqsadlarga erishish hamda vazirlik mazkur yoʻnalishda doimiy qoʻllab-quvvatlovga tayyorligini taʼkidlab oʻtdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling