Oʻzbekiston Sanoat va geologiya vazirligi hamda Watchman Group konchilik sanoatida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladi
Oʻzbekiston Sanoat va geologiya vazirligi hamda Watchman Group konchilik sanoatida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Watchman Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuvda vazir o‘rinbosari R. Yusupov, vazirlik mutasaddilari, Watchmen Energy FE kompaniyasi ijrochi direktori Doktor Jeyms Syao hamda Watchman Group delegatsiyasi ishtirok etishdi.
Tomonlar O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasiga qaratilayotgan e’tibor, investorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, istiqbolli loyihalarda o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Tadbir yakunida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Watchman Group o‘rtasida ikki tomonlama angalashuv memorandum imzolandi.