Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi delegatsiyasi Moskva shahrida rossiyalik hamkasblari bilan oʻzaro tajriba almashmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi delegatsiyasi Moskva shahrida rossiyalik hamkasblari bilan oʻzaro tajriba almashmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Soliq qoʻmitasi delegatsiyasining Rossiya Federal soliq xizmatiga ishchi tashrifi boshlandi.
Tashrifning birinchi kunida tomonlar blogerlar hamda internet tarmogʻida faoliyat yurituvchi boshqa shaxslar daromadlari ustidan soliq nazoratini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Xususan, soliq xizmati brendini ommalashtirish, ochiqlik darajasini oshirish va fuqarolar ishonchini mustahkamlash maqsadida media hamjamiyat bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, Rossiya tomoni soliq organlari faoliyatida xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilgan yaʼni, soliq toʻlovchilar uchun qulay xizmatlar yaratish, ular bilan oʻzaro samarali hamkorlik oʻrnatish, mavjud tartib-taomillarni soddalashtirishga qaratilgan yondashuvlarni joriy etish amaliyotini taqdim etdi.
Mazkur tajriba almashish jarayoni ilgʻor yechimlarni oʻrganish va ularni kelgusida Oʻzbekiston soliq organlari faoliyatida qoʻllash imkoniyatlarini koʻrib chiqishga xizmat qiladi.