Valyuta kurslari 20/01/2026
$1 – 12051.71
UZS – 0,74%
€1 – 14008.91
UZS – 0,87%
₽1 – 154.69
UZS – 0,49%
Qidirish
Oʻzbekiston raqamli toʻlovlarni rivojlantirish uchun shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartirishlar kiritishni koʻrib chiqmoqda

Oʻzbekiston raqamli toʻlovlarni rivojlantirish uchun shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartirishlar kiritishni koʻrib chiqmoqda

Oʻzbekiston raqamli toʻlovlarni rivojlantirish uchun shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartirishlar kiritishni koʻrib chiqmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushini oshirish, shuningdek, sayyohlar oqimini ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlar zamonaviy raqamli to‘lov tizimlarini joriy etish va xalqaro onlayn to‘lov kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirishni taqozo etmoqda.

Shu munosabat bilan loyihada O‘zbekiston hududida majburiy tarzda saqlanishi lozim bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar turlarini aniq belgilash, shuningdek, ayrim ma’lumotlarni chet elda qayta ishlash va saqlash uchun xavfsizlik, xalqaro standartlarga rioya etish va vakolatli organ talablarini bajarish kabi shartlarni joriy etish taklif etilmoqda.

Majlisda ushbu o‘zgartirishlar orqali xalqaro to‘lov tizimlarini mamlakatimizga jalb qilish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash, raqamli xizmatlar bozorini kengaytirish hamda fuqarolar va sayyohlar uchun zamonaviy to‘lov imkoniyatlarini yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling