Oʻzbekiston Qonunchilik palatasi Madaniy meros agentligining vakolatlari toʻgʻrisidagi qonun loyihasini koʻrib chiqdi
Oʻzbekiston Qonunchilik palatasi Madaniy meros agentligining vakolatlari toʻgʻrisidagi qonun loyihasini koʻrib chiqdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yigʻilishida Madaniy meros agentligi vakolatlarini huquqiy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Mazkur qonun loyihasi bilan, bir qator qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining madaniy meros sohasidagi vakolatlarini aniq belgilash, ularni tizimlashtirish va qonunchilikni o‘zaro muvofiqlashtirish nazarda tutilmoqda.
Xususan, Madaniyat vazirligi va Madaniy meros agentligining moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari aniq taqsimlanmoqda. Arxeologiya tadqiqotlari, tarixiy-madaniy ekspertiza, davlat kadastrini yuritish, muzeylar faoliyati, shuningdek madaniy boyliklarni olib chiqish va olib kirish bilan bog‘liq vakolatlar Agentlikka biriktirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish sohasida davlat boshqaruvi tizimini institutsional jihatdan mustahkamlash, qonunchilikdagi ziddiyat va huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish hamda sohadagi vakolatli organlar faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.