Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston Prezidentining maxsus vakili Afgʻoniston boʻyicha Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 8-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Toyvo Klaar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida tomonlar Afg‘oniston bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati yuzasidan fikr almashdilar. Afg‘on muammosini hal etish bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.
Uchrashuv ijobiy ruhda o‘tdi va Toshkent hamda Bryussel o‘rtasidagi amaliy muloqotni yanada rivojlantirishga bo‘lgan o‘zaro qiziqishni tasdiqladi.