Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiyaga joʻnab ketdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan 18-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Tokioda bir qator oliy darajadagi uchrashuvlar va tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston – Yaponiya strategik sherikligi va koʻp qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish hamda kengaytirish masalalari diqqat markazida boʻladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammitida ishtirok etadi.
#Shavkat Mirziyoyev