Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga keldi
Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga keldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga keldi.
“Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif doirasida Oʻzbekiston yetakchisi 21-22-dekabr kunlari Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashining navbatdagi majlisida kuzatuvchi maqomida va MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.
Sammit kun tartibidan mazkur koʻp tomonlama birlashmalar doirasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bilan bogʻliq dolzarb masalalar oʻrin olgan.
Anʼanaga koʻra, birgalikda amalga oshirilgan ishlarning asosiy natijalari sarhisob qilinadi va kelgusi yildagi amaliy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashiladi.
#Shavkat Mirziyoyev