Oʻzbekiston Prezidenti Ramazon oyida muhtojlarga ijtimoiy yordam koʻrsatish choralarini tasdiqladi
Oʻzbekiston Prezidenti Ramazon oyida muhtojlarga ijtimoiy yordam koʻrsatish choralarini tasdiqladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Muborak Ramazon oyida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi Preident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagi toifadagi shaxslarga 1 mln so‘mdan 1 martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:
Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasidagi oilalarga;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestridagi fuqarolarga;
yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalarga.
Ijtimoiy reyestrning “kambag‘al oila” toifasidagi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxatdagi ehtiyojmand oilalarga 500 ming so‘mdan 1 martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi.
Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning 6 ming nafar bemor aʼzolarining davolanishi va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab beriladi.
2026 yil 1 martga qadar Ro‘yxat asosida oilalarning ijtimoiy karta yoki bank plastik kartalariga bir martalik moddiy yordam o‘tkazib beriladi.