Valyuta kurslari 22/12/2025
$1 – 11996.14
UZS – -0,21%
€1 – 14051.08
UZS – -0,3%
₽1 – 148.54
UZS – -1,26%
Qidirish
Oʻzbekiston Prezidenti MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

Oʻzbekiston Prezidenti MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

Oʻzbekiston Prezidenti MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Sankt-Peterburgdagi “Ermitaj” davlat muzeyida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.

Tadbirda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham qatnashdilar.

Uchrashuvda joriy yildagi birgalikdagi ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilindi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Oʻzaro tovar ayirboshlashni oshirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, oʻzaro investitsiyalar oʻsishini ragʻbatlantirish va kooperatsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, energetika va raqamlashtirishda sheriklikni mustahkamlash, fan, taʼlim, madaniyat va sanʼat sohalarida qoʻshma loyihalarni kengaytirish, shuningdek, hududlar oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.

Hamdoʻstlik mamlakatlari oʻrtasida madaniy va gumanitar almashinuvlarni davom ettirish, xususan, yoshlarning ijodiy, innovatsion va intellektual salohiyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash zarurligi qayd etildi.

#Shavkat Mirziyoyev  

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling