М
Oʻzbekiston Prezidenti kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasini va Toshkentda kreativ parkni yaratishni tasdiqladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2030 yilga qadar kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
kreativ iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 5 foizga – 145 trln so‘mga yetkazish;
kreativ industriya mahsulotlari va xizmatlari eksportini 1 mlrd AQSH dollaridan oshirish;
sohada amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida ish o‘rinlarini 500 mingtaga yetkazish.
2026–2027 yillarda 1-bosqichda quyidagilardan iborat Kreativ industriya parki infratuzilmalari davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi:
sayr etish, dam olish va hordiq chiqarish, art-obyekt va monumental sanʼat asarlari hududlaridan iborat yashil bog‘;
raqamli dizayn va dasturlash yo‘nalishida nufuzli xalqaro maktab;
buk-kafe, sport va vorkaut maydonchalari, mehmonxona;
badiiy ijodkorlar pavilyoni, kreativ ustaxonalar, ekologik ofis xonalari va kovorking markazi.