Valyuta kurslari 28/11/2025
$1 – 11902.30
UZS – 0,17%
€1 – 13780.48
UZS – 0,23%
₽1 – 152.18
UZS – 0,75%
Qidirish
Oʻzbekiston Prezidenti BAA bilan innovatsion hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini taʼkidladi

Oʻzbekiston Prezidenti BAA bilan innovatsion hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini taʼkidladi

Oʻzbekiston Prezidenti BAA bilan innovatsion hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini taʼkidladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari boʻyicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida vazir davlatimiz rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon va mamlakat Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad Ol Maktumning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oʻzbekiston – BAA doʻstligi va strategik sherikligini yanada mustahkamlash, shuningdek, joriy yilning yanvar oyida BAAga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Keyingi yillarda BAA hukumati bilan 40 dan ortiq yoʻnalishlarda 300 dan ziyod tashabbuslar, jumladan, “Hukumat akseleratori”, “Bir million dasturchi” va “Yosh yetakchilar” kabi muhim dasturlar amalga oshirilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlik boʻyicha qabul qilinayotgan yangi besh yillik dasturni keng koʻlamda amalga oshirish zarurligi taʼkidlandi.

Byurokratiyani kamaytirish, sunʼiy intellekt sohasida 5 million nafar prompt-muhandisni oʻqitishda BAAning ilgʻor tajribasini joriy etish hamda “Yosh avlod” va “Kitob chellenji” loyihalarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha hamkorlik rejalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, boʻlajak oliy darajadagi tadbirlarga puxta tayyorgarlik koʻrishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev va vazir Muhammad al-Gargaviy O‘zbekiston - BAA munosabatlari tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdilar.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling