Valyuta kurslari 23/02/2026
$1 – 12212.79
UZS – 0,36%
€1 – 14411.09
UZS – 0,36%
₽1 – 159.52
UZS – 0,36%
Qidirish
Oʻzbekiston nodavlat sud ekspertlari ishini soddalashtirdi va tashkilotlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazishni joriy etdi

Oʻzbekiston nodavlat sud ekspertlari ishini soddalashtirdi va tashkilotlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazishni joriy etdi

Oʻzbekiston nodavlat sud ekspertlari ishini soddalashtirdi va tashkilotlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazishni joriy etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan nodavlat sud-ekspertiza sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.

Qaror bilan quyidagi tartiblar belgilandi:

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish;

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish;

Nodavlat sud eksperti bo‘lish istagini bildirgan shaxslarni qayta tayyorlash, nodavlat sud ekspertlarining malakasi va huquqiy bilimini oshirish hamda ularni qo‘shimcha ekspertiza turlari bo‘yicha qayta tayyorlash;

Nodavlat sud ekspertlarini Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Ekspert-malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etish.

Mazkur qaror bilan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, endilikda, notijorat tashkilot sifatida faoliyat ko‘rsatishi hamda yakka tartibda sud-ekspertlik byurosi shaklida ham tashkil etilishi belgilandi.

Muqaddam, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotini tashkil etish uchun sud eksperti sertifikatiga ega kamida 3 nafar sud eksperti bo‘lishi lozim edi.

Shuningdek, mazkur hujjat bilan ushbu sohada ilk bor nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, Hukumat qarori bilan sud ekspertlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining bevosita amaliyot bilan uyg‘unligini taʼminlash belgilandi.

Unga ko‘ra, o‘quv rejasi va o‘quv amaliyot dasturlari ishlab chiqilib, taʼlim jarayonining 40 foizi nazariy, 60 foizi amaliy qismga ajratiladi hamda tinglovchilarga taʼlim jarayonining nazariy qismi tegishli davlat taʼlim muassasasida, amaliy qismi tegishli davlat sud-ekspertiza muassasasida tashkil etiladi.

Shu bilan birga, ushbu hujjatga asosan nodavlat sud ekspertlarining kasbiy va amaliy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda ularning noqonuniy harakatlari bilan bog‘liq holatlarning adolatli va xolis ko‘rib chiqilishini taʼminlash maqsadida Adliya vazirligi huzurida Ekspert-malaka komissiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi belgilandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling