Oʻzbekiston Network Readiness Index 2025 global raqamli tayyorgarlik indeksida toʻqqiz pogʻona yuqoriga koʻtarildi
Oʻzbekiston Network Readiness Index 2025 global raqamli tayyorgarlik indeksida toʻqqiz pogʻona yuqoriga koʻtarildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Portulans instituti (AQSh) tomonidan har yili e’lon qilib boriladigan “Network Readiness Index”ning 2025-yilgi navbatdagi hisobot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z o‘rnini 9 pog‘onaga yaxshilab, 72-o‘rinni egalladi.
Mazkur natija mamlakatda raqamli transformatsiya jarayonlari tizimli va barqaror amalga oshirilayotganini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida salmoqli ilgarilash kuzatilayotganini yaqqol namoyon etmoqda.
Reytingning jahon miqyosidagi yetakchi mamlakatlari sifatida AQSh, Finlyandiya, Singapur, Daniya va Shvesiya qayd etilgan.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonning “Network Readiness Index” ko‘rsatkichlari izchil o‘sib bormoqda. Mamlakat 2024-yilda 81-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2025-yilga kelib 72-o‘ringa ko‘tarildi.
Oʻzbekistonning reytingining yaxshilanishi mamlakat raqamli infratuzilmani muvaffaqiyatli rivojlantirayotganini, elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirayotganini, fuqarolar va biznes oʻrtasida raqamli savodxonlikni oshirayotganini va milliy IT tashabbuslarini amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ortib borayotganini ko‘rsatadi.