Oʻzbekiston milliy stendi OTM Mumbai koʻrgazmasida nufuzli mukofotga sazovor boʻldi
Oʻzbekiston milliy stendi OTM Mumbai koʻrgazmasida nufuzli mukofotga sazovor boʻldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hindistonning Mumbay shahrida o‘tkazilgan Osiyoning eng yirik sayyohlik ko‘rgazmalaridan biri bo‘lgan OTM Mumbai doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan milliy stend yuksak mukofotga sazovor bo‘ldi.
Fairfest Media Ltd xalqaro kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan ko‘rgazma natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston “Eng istiqbolli yangi sayyohlik yo‘nalishi” (Most Promising New Destination) nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va ko‘rgazma tashkilotchilari tomonidan beriladigan nufuzli OTM Excellence Award mukofotini qabul qildi.
Ushbu e’tirof O‘zbekistonning boy madaniy merosi, sayyohlik salohiyati va xalqaro maydondagi faol targ‘ibotining yana bir yorqin tasdig‘idir.