Oʻzbekiston milliy paviloni IFE London 2026 koʻrgazmasida namoyish etildi

Oʻzbekiston milliy paviloni IFE London 2026 koʻrgazmasida namoyish etildi

Oʻzbekiston milliy paviloni IFE London 2026 koʻrgazmasida namoyish etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — London shahrida “IFE London 2026” — xalqaro oziq-ovqat va ichimliklar ko‘rgazmasiga rasman start berildi. Mazkur yirik tadbir 30 martdan 1 aprelga qadar ExCeL London ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tmoqda.

“IFE London 2026” xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasi Yevropadagi eng yirik tarmoq tadbirlaridan biri hisoblanib, unda 1 500 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etmoqda va 30 mingdan ziyod mutaxassis tashrif buyurmoqda. Ko‘rgazmada turli mamlakatlardan oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaruvchilari, eksportyorlar, distribyutorlar hamda riteyl tarmoqlari vakillari qatnashmoqda.

Bu yilgi ko‘rgazmada Savdo-sanoat palatasi hamda "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" AJ ko‘magida O‘zbekiston ham faol ishtirok etmoqda.

Xususan, O‘zbekiston milliy pavilyoni tashkil etilib, unda mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlar o‘z mahsulotlarini taqdim etmoqda. Pavilyonda 30 ga yaqin o‘zbek kompaniyalari ishtirok etib, ularning umumiy eksport hajmi 107,5 mln dollarni tashkil etadi.

Ko‘rgazmada ishtirok etayotgan mahalliy kompaniyalar:

“Magona Grand” MCHJ, “Angels Future Trade” MCHJ, “Asl Corn Elit” MCHJ, “Bek Family 77” MCHJ, “Sam Mining Group” MCHJ, “Zarafshon” MCHJ, “Farg‘ona Exim Agro” MCHJ, “Eco Orient Group” MCHJ va boshqalar.

O‘zbekiston pavilyoni doirasida xorijiy xaridorlar, distribyutorlar va investorlar bilan uchrashuvlar, mahsulotlar taqdimotlari hamda degustatsiyalar tashkil etilmoqda. Bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun Yevropa bozoriga chiqish va yangi eksport aloqalarini o‘rnatishda muhim imkoniyat yaratadi.

Mutaxassislar taʼkidlashicha, “IFE London 2026” kabi xalqaro platformalarda ishtirok etish O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati salohiyatini namoyon etish, "Made in Uzbekistan" milliy brendlarni ilgari surish hamda tashqi savdoni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling