Valyuta kurslari 20/11/2025
$1 – 11910.93
UZS – -0,25%
€1 – 13784.52
UZS – -0,4%
₽1 – 147.49
UZS – 0,06%
Qidirish
Oʻzbekiston Markaziy banki bank sektorini isloh qilish boʻyicha yoʻl xaritasini tasdiqladi

Oʻzbekiston Markaziy banki bank sektorini isloh qilish boʻyicha yoʻl xaritasini tasdiqladi

Oʻzbekiston Markaziy banki bank sektorini isloh qilish boʻyicha yoʻl xaritasini tasdiqladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Markaziy banki (MB) “2025–2028-yillarda banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan “Yoʻl xarita”sini ishga tushirganini eʼlon qildi.

2024–2025–yillarda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Jahon banki tomonidan Moliyaviy sektorni baholash dasturi (FSAP) doirasida Oʻzbekistonning bank-moliya tizimi ilk marotaba kompleks baholashdan oʻtkazildi.

Mazkur baholash natijasida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Jahon banki tomonidan “Moliyaviy tizim barqarorligini baholash” (FSSA), “Moliyaviy sektorni baholash” (FSA) va “Bank nazoratining samarali amalga oshirilishi bo‘yicha bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining asosiy tamoyillariga muvofiqligini baholash” (BCP) hisobotlari chop etildi.

Mazkur hisobotlar hamda baholovchilarning tavsiyalari asosida 2025–2028-yillarda banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan “Yoʻl xarita” ishlab chiqilib, Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling