Oʻzbekiston mahalliy parrandachilik sanoatini qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirmoqda

Oʻzbekiston mahalliy parrandachilik sanoatini qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirmoqda

Oʻzbekiston mahalliy parrandachilik sanoatini qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 24 mart kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov ishtirokida mahalliy parrandachilik sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

So‘nggi yillarda mazkur sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ijobiy natijalar bergani qayd etildi. Shu bilan birga, joriy yilda ham parrandachilik tarmog‘ini yana-da rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirish zarurligi taʼkidlandi.

Tadbir davomida sohadagi dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar muhokama qilindi. Xususan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun subsidiyalar ajratish mexanizmlarini takomillashtirish masalasi ko‘tarildi.

Muloqotda tadbirkorlar uchun yana-da qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) qaytarish jarayonini soddalashtirish, hisobot topshirilgan kundan boshlab 3 kun ichida mablag‘larni qaytarish hamda ushbu jarayonni to‘liq avtomatlashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Taʼkidlanishicha, mazkur tashabbuslar parrandachilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish va ichki bozor barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling