Valyuta kurslari 06/03/2026
$1 – 12175.53
UZS – -0,04%
€1 – 14151.62
UZS – 0,09%
₽1 – 155.08
UZS – -1,05%
Qidirish
Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi va Arab dunyosi instituti oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisining birinchi o‘rinbosari Azizbek Mannopov hamda O‘zbekistonning YUNESKOdagi Doimiy vakili Kamol Muxtarov Shavki Abdul Amir — Parijdagi Arab dunyosi instituti bosh direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida Jamg‘arma va Institut o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, qo‘shma madaniy tashabbuslarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar avvalgi hamkorlikning muvaffaqiyatli tajribasini, jumladan “Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘jizalari” ko‘rgazmasini o‘tkazish tajribasini alohida qayd etdilar hamda o‘zbek raqs san’atiga bag‘ishlangan yangi qo‘shma loyiha imkoniyatlarini muhokama qildilar. S

huningdek, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari, xususan professional almashinuvlar, qo‘shma tadqiqotlar va muzey loyihalarini rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling