Valyuta kurslari 27/02/2026
$1 – 12136.57
UZS – -0,0%
€1 – 14318.73
UZS – 0,08%
₽1 – 157.70
UZS – -0,52%
Qidirish
Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi rahbari AQShdagi J. Pol Getti muzeyi rahbariyati bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi rahbari AQShdagi J. Pol Getti muzeyi rahbariyati bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi rahbari AQShdagi J. Pol Getti muzeyi rahbariyati bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 25-fevral kuni Los-Anjeles shahrida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova "J. Paul Getty" muzeyi direktori Timoti Potts bilan uchrashdi.

Suhbat muzey boshqaruvi tamoyillari, institutsional rivojlanishning uzoq muddatli strategiyasi hamda madaniy merosni asrash va talqin etish masalalariga bag‘ishlangan mazmunli fikr almashuv ruhida kechdi.

Shundan so‘ng Jamg‘arma delegatsiyasi "Getty Villa" majmuasiga tashrif buyurib, tarixiy majmua va uning restavratsiya laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Delegatsiya ilg‘or tiklash metodologiyalari, kolleksiyalarni saqlash amaliyoti hamda ilmiy tadqiqotlarga tayangan merosni muhofaza qilish yondashuvlarini atroflicha o‘rgandi.

Dastur "Getty" markazida davom etdi. Bu yerda mehmonlar majmua hududi va ko‘rgazma makonlarini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif yirik madaniy muassasalarning auditoriya bilan ishlash strategiyasi, kuratorlik siyosati hamda xalqaro muloqot va hamkorlikni rivojlantirishdagi mas’uliyati yuzasidan yakuniy muhokamalar bilan nihoyasiga yetdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling