Valyuta kurslari 20/02/2026
$1 – 12169.41
UZS – 0,3%
€1 – 14359.90
UZS – -0,0%
₽1 – 158.95
UZS – -0,09%
Qidirish
Oʻzbekiston konchilik vazirining birinchi oʻrinbosari Endeavor Mining va In2Metals bilan hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 18-fevral kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F.Xamidova vazirlik mutasaddilari bilan birgalikda Endeavour Mining va In2Metals kompaniyalari vakillari, xususan ijrochi vitse-prezident Sonya Skarchelli va geologiya qidiruv ishlari bo‘yicha vitse-prezident Eduardo Etchart bilan uchrashdi.

Mehmonlar Endeavour Mining kompaniyasi faoliyati, tog‘-kon sanoati sohasidagi xalqaro tajribasi, hamkorlikda loyihalar amalga oshirish yuzasidan ma’lumot berdilar.

Shuningdek, muloqot davomida tomonlar ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarida tajriba almashinuvi, texnik hamda strategik hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling