Valyuta kurslari 06/11/2025
$1 – 11970.67
UZS – 0,17%
€1 – 13748.31
UZS – 0,03%
₽1 – 147.59
UZS – -0,07%
Qidirish
Oʻzbekiston Jenevada boʻlib oʻtgan JSTda iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyatlarini taqdim etdi

Oʻzbekiston Jenevada boʻlib oʻtgan JSTda iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyatlarini taqdim etdi

Oʻzbekiston Jenevada boʻlib oʻtgan JSTda iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyatlarini taqdim etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev Jeneva shahridagi Jahon savdo tashkiloti bosh qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga aʼzo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhning 11-yig‘ilishi doirasida o‘tkazilgan “O‘zbekistonning iqtisodiy islohotlari – xususiy sektorni rivojlantirish va davlat rolini qayta ko‘rib chiqish orqali JSTga qo‘shilishni qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi seminarda batafsil taqdimot qildi.

Maʼruzada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy islohotlar natijasida raqobat muhitini yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va bozorda barcha ishtirokchilar uchun teng imkoniyatlarni taʼminlash bo‘yicha erishilgan sezilarli ijobiy natijalarga to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.

Asosiy natijalar quyidagilardan iborat:
– iqtisodiyotda davlat ulushi 2019  yilga nisbatan 55%dan 30%gacha qisqardi;
– davlat yordami ulushi 22%dan 9%gacha kamaydi;
– davlat korxonalari soni 67%ga qisqardi;
– kichik va o‘rta biznes subyektlari soni 50%ga ko‘payib, 485 mingtaga yetdi.

2023 yilda qabul qilingan yangi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun raqobatga qarshi xatti-harakatlarni oldini olish uchun zamonaviy vositalarni joriy etdi, raqobat neytralligini taʼminlash mexanizmlarini kuchaytirdi.

O‘zbekistonda narxlarni liberallashtirish, energetika va fuqaro aviatsiyasi sohalarida tabiiy monopoliyalarni ajratish, mustaqil iqtisodiy regulyatorlarni tashkil etish bo‘yicha ishlarning faol amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

Bu 25 dan ortiq tarmoqlarda raqobat darajasini oshirishga xizmat qildi.
Kelgusida O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, 2030 yilga qadar YAIMni ikki baravarga oshirish va xususiy sektor ulushini 85%ga yetkazishni maqsad qilgan.

Buning uchun davlat monopoliyalarini bosqichma-bosqich tugatish, eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va raqobatni rivojlantirish maqsadida amaldagi raqobat qonun hujjatlari yana-da takomillashtirilishi, xususan ustun mavqega ega korxonalarni suiisteʼmol qilishini oldini olishga qaratilgan kamsitmaslik qoidalarni joriy etish rejalashtirilgan.

Qo‘mita vakili O‘zbekistonning JST qoidalariga muvofiq raqobat siyosati yuritish va xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan islohotlarning orqa qaytmasligi va davom etirilishini JSTga aʼzo mamlakatlarga va xalqaro hamjamiyatga yana bir bor yetkazdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling