Oʻzbekiston Janubiy Koreyaning davlat moliyasini raqamlashtirish tajribasini oʻrganmoqda

Oʻzbekiston Janubiy Koreyaning davlat moliyasini raqamlashtirish tajribasini oʻrganmoqda

Oʻzbekiston Janubiy Koreyaning davlat moliyasini raqamlashtirish tajribasini oʻrganmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jahon bankining “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi raisi Abdulaziz Xaydarov boshchiligidagi delegatsiya 6–9-aprel kunlari Koreya Fiskal axborot xizmati (KFIS) taklifiga binoan Seul shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrifning birinchi kuni Abdulaziz Xaydarov Koreya fiskal axborot xizmati prezidenti Yun Sok-Ho bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda davlat moliyasini raqamlashtirish, zamonaviy axborot tizimlari va innovatsion boshqaruv yechimlari yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va amaliy loyihalarni jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, delegatsiya Koreyada joriy etilgan ilg‘or yechimlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi — dBrain+, fiskal ma’lumotlar va tahliliy platformalar, subsidiyalarni boshqarish tizimi — e-Naradoum, hamda sohada sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash tajribasi taqdim etildi.

Tashrif doirasida keyingi bosqichlarda Koreya Davlat moliyasi instituti (KIPF) bilan hamkorlikda davlat moliyasida sun’iy intellektga asoslangan islohotlar tajribasi o‘rganiladi. Shuningdek, Koreya Mahalliy axborot tizimlarini tadqiq etish va rivojlantirish instituti (KLID)ga tashrif buyurilib, mahalliy darajadagi moliyaviy boshqaruv tizimi — e-Hojo faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling