Valyuta kurslari 05/11/2025
$1 – 11950.63
UZS – -0,18%
€1 – 13744.42
UZS – -0,3%
₽1 – 147.70
UZS – -0,06%
Qidirish
Oʻzbekiston Jahon banki bilan yashil iqtisodiyotni rivojlantirish masalasini muhokama qildi

Oʻzbekiston Jahon banki bilan yashil iqtisodiyotni rivojlantirish masalasini muhokama qildi

Oʻzbekiston Jahon banki bilan yashil iqtisodiyotni rivojlantirish masalasini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 4-noyabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo uchun atrof-muhit va ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha amaliyot rahbari Gayane Minasyan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Jahon bankining ekologiya bo‘yicha katta mutaxassislar Abate Abebe Asferachev va Yelena Strukova Golub, ijtimoiy masalalar bo‘yicha mutaxassis Gulrano Tlepova, Toshkent shahri hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Xaydarov va hokim o‘rinbosari Aleksey Xen hamda bir qator mas’ullar ishtirok etdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi atrof-muhitni muhofaza qilish,  “yashil” iqtisodiyotga o‘tish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda shaharsozlik sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekistonning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishida ekologik islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, energiya samaradorligini oshirish, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va havoning sifatini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslari muhim ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, toza energiyaga o‘tish, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish, uglerod bozorini yaratish, shuningdek Toshkent shahrining havo sifatini yaxshilash (Air Quality in Tashkent), Yashil iqtisodiyot jamg‘armasini tashkil etish, uzoq muddatli kam uglerodli strategiyani ishlab chiqish loyihalari bo‘yicha alohida aytib o‘tildi.

Shuningdek, Jahon banki mutaxassislari Toshkent shahrida jamoat transportini kengaytirish, velosiped yo‘laklarini barpo etish, yashil hududlarni ko‘paytirish kabi loyihalarni xalqaro standartlar asosida qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning uzoq muddatli kam uglerodli rivojlanish strategiyasi (LT-LEDS) doirasida energetika, transport, sanoat, qishloq xo‘jaligi va chiqindilarni boshqarish sohalarini qamrab olgan hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida ekologik islohotlarni jadallashtirish, ijtimoiy jihatdan inklyuziv “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish va Jahon bankining texnik hamda moliyaviy ko‘magi asosida yangi qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling