Valyuta kurslari 19/02/2026
$1 – 12132.48
UZS – -0,04%
€1 – 14360.00
UZS – -0,14%
₽1 – 159.09
UZS – 0,61%
Qidirish
Oʻzbekiston ISSV va Sojitz yangi qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar

Oʻzbekiston ISSV va Sojitz yangi qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar

Oʻzbekiston ISSV va Sojitz yangi qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 17-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Ilzat Kasimov hamda “Sojitz Corporation” kompaniyasining mintaqaviy prezidenti Taro Okamura o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida ta’lim, energetika va sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilayotgan hamda istiqbolli loyihalar, shuningdek ustuvor tarmoqlarda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash hamda ikki tomonlama loyihalarni izchil ilgari surishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

“Sojitz Corporation” Yaponiyaning eng yirik savdo-investitsiya konglomeratlaridan biri bo‘lib, 50 dan ortiq mamlakatda 80 dan ziyod vakolatxonalar orqali faoliyat yuritadi. Kompaniya mashinasozlik, transport, energetika, sog‘liqni saqlash, kimyo va konchilik sanoati hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida loyihalarni faol amalga oshirib kelmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling