Oʻzbekiston Integra Capital bilan konchilik loyihalarini muhokama qildi
Oʻzbekiston Integra Capital bilan konchilik loyihalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 26-mart kuni vazir o‘rinbosari U.Yusupov, vazirlik mutasaddilari bilan birgalikda Integra Capital kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda mehmon tomonga O‘zbekiston Respublikasida Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasi hamda uning davlatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni, amaldagi qonunchilik va kelgusi rejalar haqida ma’lumotlar berildi.
Xorij tomoni kompaniya haqida ma’lumot berib, uning faoliyati, tog‘-kon hamda energetika loyihalarida katta tajribaga ega ekanligi haqida axborot berdi.
Shuningdek, uchrashuvda bir qator loyihalarni o‘rganib chiqish, muhokama qilish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini belgilab olish masalalarini muhokama qilindi.