Valyuta kurslari 19/11/2025
$1 – 11940.70
UZS – -0,58%
€1 – 13839.27
UZS – -0,68%
₽1 – 147.40
UZS – -0,27%
Qidirish
Oʻzbekiston FAO koʻmagida atrof-muhit sohasida oʻzining birinchi gender strategiyasini ishlab chiqishni boshladi.

Oʻzbekiston FAO koʻmagida atrof-muhit sohasida oʻzining birinchi gender strategiyasini ishlab chiqishni boshladi.

Oʻzbekiston FAO koʻmagida atrof-muhit sohasida oʻzining birinchi gender strategiyasini ishlab chiqishni boshladi.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ozbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ko‘magida ekologiya sohasida gender tenglikni kuchaytirishga qaratilgan ilk Gender strategiyasini ishlab chiqish jarayonini rasman boshladi.

Mazkur strategiya atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishiga moslashuv va tabiiy resurslardan barqaror foydalanish sohalariga gender tenglik tamoyillarini tizimli integratsiya qilishga qaratilgan. Ushbu muhim qadam mamlakatning milliy va xalqaro majburiyatlari, jumladan, BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining 5- (gender tenglikka erishish) va 13- (iqlim bo‘yicha favqulodda choralar) maqsadlariga hamohang tarzda amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishda allaqachon muhim tajribalar mavjud: yaqinda Qishloq xo‘jaligi vazirligi FAOning texnik ko‘magida o‘z Gender strategiyasini qabul qildi, shuningdek, FAO ko‘magida o‘rmon xo‘jaligida gender strategiyasi ishlab chiqilib, qishloq ayollarining faolligini oshirishga xizmat qilmoqda. Ushbu yuqorida qayd etilgan milliy tajribalar Ekologiya vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan strategiya uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

“Green University”da gender strategiyasi ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi ishchi guruh yig’ilishida vazirlik rahbariyati, boshqarmalar, FAOning mahalliy va mintaqaviy ekspertlari, FOLUR loyihasi jamoasi va xalqaro mutaxassislar ishtirok etdi.

Yigʻilishda strategiyaning qamrovi va ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilinib, vazirlik boʻlimlaridan aniq takliflar tinglandi hamda strategiya loyihasini ishlab chiqish va uni tasdiqlash jarayoni uchun vazifalar, muddatlar va masʼul ijrochilar belgilab olindi. Barcha jarayonlar milliy siyosati yoʻnalishlari va xalqaro majburiyatlar, jumladan Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uygʻun holda muvofiqlashtirilishi kelishib olindi.

Yangi Gender strategiyasi loyihasi yaqin besh yillik uchun aniq maqsadlar, vazifalar va koʻrsatkichlarni oʻzida qamrab oladi. Ushbu hujjat amalga tatbiq etilgandan soʻng, Ekologiya vazirligi faoliyatining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyat va sharoitlarni taʼminlash, qarorlar qabul qilishda teng ishtirok etish hamda tabiiy resurslarni barqaror boshqarishda gender tenglik tamoyillarini mustahkamlash koʻzda tutilgan. Bu esa ekologik boshqaruv samaradorligini oshirib, iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Strategiya FAOning 27 mamlakatda amalga oshirilgan FOLUR global dasturining gender integratsiyasi yondashuviga tayangan holda ishlab chiqiladi. Genderga sezgir rejalashtirish, monitoring, statistik ma’lumotlarni jinslar kesimida yig‘ish, manfaatdor tomonlarning inklyuziv ishtiroki va institutsional salohiyatni oshirish — strategiyaning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling