Oʻzbekiston Ericsson bilan telekommunikatsiya infratuzilmasi va IoTni rivojlantirishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vashington shahrida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov dunyoning yetakchi texnologik kompaniyalari, jumladan, Ericsson kompaniyasining Hukumat bilan aloqalar va siyosatni ilgari surish bo‘yicha vitse-prezidenti Jeffrey Mark Hook bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, keng polosali internet qamrovining kengaytirilishi, yangi avlod texnologiyalarini joriy etish hamda tarmoqlarni modernizatsiya qilish borasidagi yutuqlar alohida ta’kidlandi.

Tomonlar, shuningdek, “aqlli shaharlar”ni rivojlantirish, IoT ekotizimlari hamda sun’iy intellekt asosidagi tarmoq boshqaruvi kabi global tendensiyalar yuzasidan fikr almashib, bu yo‘nalishlar O‘zbekistonning raqamli va innovatsion kelajak sari intilishlari bilan uyg‘un ekanini qayd etdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling