Valyuta kurslari 16/12/2025
$1 – 12130.01
UZS – 0,27%
€1 – 14245.48
UZS – 0,36%
₽1 – 153.04
UZS – 0,84%
Qidirish
Oʻzbekiston elchisi Rim papasi Leo XIVga ishonch yorliqlarini topshirdi

Oʻzbekiston elchisi Rim papasi Leo XIVga ishonch yorliqlarini topshirdi

Oʻzbekiston elchisi Rim papasi Leo XIVga ishonch yorliqlarini topshirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vatikanning Havoriylar saroyida O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Farrux Tursunov Rim Papasi Lev XIVga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat chog‘ida elchi O‘zbekistonda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, demokratik institutlarni mustahkamlashga qaratilgan saʼy-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti nomidan Rim papasiga samimiy salom va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Rim papasi Lev XIV O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga chuqur hurmat-ehtiromini izhor etdi. U O‘zbekiston va Vatikan o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon o‘tgan 33 yil davomida turli millat va din vakillari o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qaratilgan mustahkam hamkorlik salohiyati shakllanganini taʼkidladi.

Shuningdek, u Samarqandning Sharq va G‘arb dunyosiga taʼsir ko‘rsatadigan falsafiy va diniy tafakkurning yirik markazi sifatidagi ahamiyatiga alohida eʼtibor berdi. O‘zbekiston anʼanaviy ravishda dinlararo totuvlik va bag‘rikenglik tamoyillarini ilgari surish tarafdori ekani, bu boradagi xalqaro tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlayotgani taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida Rim papasi Lev XIV o‘zbek xalqining gullab-yashnashi uchun ibodat qilishini taʼkidlab, O‘zbekiston va Vatikan o‘rtasidagi do‘stlik va konstruktiv hamkorlik yana-da mustahkamlanishini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Farrux Tursunov O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi hisoblanadi. 2024 yil 9 aprel kuni diplomat Ispaniya Qiroli Filipp VI ga ishonch yorliqlarini topshirgan.

Bundan tashqari, diplomat o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonning Andorradagi elchisi hisoblanadi. 2025 yil 11 mart kuni u Andorra hamraisi, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling