Valyuta kurslari 24/09/2025
$1 – 12171.03
UZS – -0,7%
€1 – 14364.25
UZS – -0,48%
₽1 – 145.92
UZS – -0,52%
Qidirish
Oʻzbekiston delegatsiyasi MDH oʻyinlariga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston delegatsiyasi MDH oʻyinlariga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston delegatsiyasi MDH oʻyinlariga joʻnab ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 25-sentyabr – 9-oktyabr kunlari Ozarbayjonda navbatdagi MDH oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Tunda mazkur musobaqada qatnashadigan Oʻzbekiston terma jamoasi Ozarbayjonga yoʻl oldi.

Gabala, Ganja, Gyoygyol, Mingyachevir, Sheki, Xankendi, Yevlax shaharlarida tashkil etiladigan Oʻyinlarda delegatsiyamiz 23 ta sport turida (stol tennisi, stenddan otish, badminton, futbol, oʻq otish, suzish, voleybol, erkin kurash, ayollar kurashi, yunon-rum kurashi, basketbol 3x3, qilichbozlik, sambo, dzyudo, taekvondo WT, akademik eshkak eshish, baydarka va kanoeda eshkak eshish, karate, badiiy gimnastika, trampolin, chovgon, kamondan otish, boks) 254 nafar atlet bilan qatnashishi rejalashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling