Oʻzbekiston Avstriya biznesi bilan yaqin hamkorlikka tayyor
Oʻzbekiston Avstriya biznesi bilan yaqin hamkorlikka tayyor
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 3-dekabr kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Avstriya Federal iqtisodiy palatasi prezidenti Anjelika Seri-Froshaver bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qilishdi. Vazir Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar xorijiy kompaniyalar bilan oʻzaro hamkorlik qilish uchun qulay sharoitlar yaratayotganini va barcha istiqbolli iqtisodiy sohalarda oʻzaro manfaatli sheriklik tamoyillarini amalga oshirayotganini taʼkidladi.
Baxtiyor Saidov O‘zbekiston va Avstriya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi yaqin sheriklik aloqalarini qo‘llab-quvvatlashini va ularni yanada mustahkamlashga tayyorligi bildirdi.