Valyuta kurslari 19/12/2025
$1 – 12021.61
UZS – -0,32%
€1 – 14092.93
UZS – -0,26%
₽1 – 150.44
UZS – 0,25%
Qidirish
Oʻzbekiston AQSh va Afgʻonistonga qurilish materiallari eksportini kengaytirish boʻyicha yangi qadamlarni belgilab berdi

Oʻzbekiston AQSh va Afgʻonistonga qurilish materiallari eksportini kengaytirish boʻyicha yangi qadamlarni belgilab berdi

Oʻzbekiston AQSh va Afgʻonistonga qurilish materiallari eksportini kengaytirish boʻyicha yangi qadamlarni belgilab berdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi PQ–365-son qaroriga muvofiq qurilish materiallari eksportini kengaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash, ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun yangi tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda uyushma rahbariyati hamda respublikada faoliyat yuritayotgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari ishtirok etdi.

Onlayn yig‘ilish davomida uyushma boshqaruv raisi Ilyos Rahimov so‘zga chiqib, O‘zbekiston qurilish materiallari mahsulotlarini xalqaro bozorlarga, xususan AQSH va Afg‘oniston yo‘nalishida eksport qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar va yangi tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Muhokamalarda AQSH bozoriga chiqishda mahsulot sifati, xalqaro standartlarga moslik, logistika masalalari va eksport jarayonlarini soddalashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish kun tartibidagi muhim masalalardan biri Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida qurilish materiallari shourumini tashkil etish va uni O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi korxonalar ixtiyoriga foydalanish uchun topshirish shartlariga bag‘ishlandi.

Mazkur shourum orqali o‘zbek ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy xaridorlarga namoyish etish, yangi shartnomalar tuzish va eksport hajmini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi ta’kidlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling