Valyuta kurslari 30/12/2025
$1 – 12025.33
UZS – -0,27%
€1 – 14162.23
UZS – -0,21%
₽1 – 155.25
UZS – 0,06%
Qidirish
Oʻzbekiston Afgʻonistonga yana 390 tonna gumanitar yordam xayriya qildi

Oʻzbekiston Afgʻonistonga yana 390 tonna gumanitar yordam xayriya qildi

Oʻzbekiston Afgʻonistonga yana 390 tonna gumanitar yordam xayriya qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 29-dekabr kuni Balx viloyatining Hayraton shahrida O‘zbekiston Rahbariyati nomidan Afg‘oniston xalqiga navbatdagi gumanitar yordamni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, umumiy og‘irligi qariyb 390 tonnani tashkil etgan mazkur gumanitar yuk “Termez Cargo Centre” maydonchasida shakllantirilib, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar hamda tibbiy uskunalardan iborat.

Gumanitar yuk tarkibi bilan tanishish jarayonida Balx viloyati hokimi M.Vafo Afg‘oniston xalqiga ko‘rsatilayotgan doimiy yordam uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirdi. Ushbu yordam O‘zbekiston rahbariyati tomonidan afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlarning ifodasi ekani ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, mazkur aksiya 2025-yil davomida Afg‘oniston xalqiga yo‘naltirilgan to‘rtinchi gumanitar yordam hisoblanadi.

Shuningdek, Balx viloyati hokimi O‘zbekiston tomonidan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash hamda savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan aniq chora-tadbirlarga e’tibor qaratdi. Natijada so‘nggi yillarda afg‘on mahsulotlari eksporti hajmlari sezilarli darajada oshgani, shuningdek, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy sharoit va aholi farovonligi yaxshilangani qayd etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling