Valyuta kurslari 30/12/2025
$1 – 12025.33
UZS – -0,27%
€1 – 14162.23
UZS – -0,21%
₽1 – 155.25
UZS – 0,06%
Qidirish
Oʻzbekiston 2027-yilga qadar modulli intellektual hisoblash markazini yaratadi

Oʻzbekiston 2027-yilga qadar modulli intellektual hisoblash markazini yaratadi

Oʻzbekiston 2027-yilga qadar modulli intellektual hisoblash markazini yaratadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 22-oktabrdagi PF–189-son Farmoniga koʻra, data markazlar faoliyatiga bir qator imtiyozlar berilgan.

Farmonga muvofiq dastlab uch tomonlama uchrashuv doirasida Qoraqalpog‘istonda Modulli Intellektual Hisoblash Markazini qurish bo‘yicha harakatlar rejasi imzolangan edi. 

Uchrashuv davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida Modulli intellektual hisoblash markazini tashkil etish loyihasini amalga oshirishning huquqiy va institutsional jihatlari, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, shuningdek, loyihani yanada rivojlantirish va kengaytirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar Modulli intellektual hisoblash markazini rivojlantirish bo‘yicha Hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

O‘zbekiston yirik ko‘lamli sun’iy intellekt va intellektual hisoblash sohalaridagi investitsiyalar uchun ochiq bo‘lib, mazkur tashabbus mamlakat raqamli transformatsiyasining yangi bosqichini boshlab bermoqda.

Birgalikda tasdiqlangan yo‘l xaritasi asosida Shanghai Linkwise Data Intelligence Co., Ltd. hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida Modulli intellektual hisoblash markazini rivojlantirish bo‘yicha strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Shanghai Linkwise Data Intelligence Co., Ltd. kompaniyasi asoschisi va boshqaruv raisi Xuhui Vangning ta’kidlashicha, mazkur markazni 2027-yilda ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, loyiha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya (FDI) shaklida amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida zamonaviy hisoblash infratuzilmasini shakllantirish, sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish, mahalliy mutaxassislarni tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi koʻzda tutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling