Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
“O‘ztransgaz” BAA bankidan 18 oy muddatga 300 million dollarlik kredit jalb etmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘ztransgaz” AJ aksiyadori Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dhabi Commercial Bank bankidan 300 million AQSH dollari miqdorida kredit mablag‘larini jalb etish bo‘yicha yirik bitim tuzilishini maʼqulladi.
Bank maʼlumotlariga ko‘ra, kredit muddati 18 oyni tashkil etadi va uni yana olti oyga uzaytirish imkoniyati mavjud.
Moliyalashtirish shartlariga yillik 3,1 foizlik foiz stavkasiga qo‘shimcha ravishda SOFR indeksi, shuningdek 1,35 foiz miqdoridagi komissiyalar kiritilgan.
Abu Dhabi Commercial Bank aksiyalarining nazorat paketi Mubadala investitsiya kompaniyasiga tegishli.