O‘zTMK delegatsiyasi MIT bilan muhandislarni zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘qitish bo‘yicha shartnoma imzoladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ delegatsiyasi AQShga xizmat safari davomida so‘nggi o‘n yillikda global reytinglarda birinchi o‘rinni egallab kelayotgan Massachusets texnologiyalar instituti (Massachusetts Institute of Technology, MIT)da bo‘ldi.
O‘zTMK delegatsiyasi University of Business and Science (O‘zbekiston) bilan hamkorlikda MIT vitse-prezidenti, professor Dimitris Bertsimas bilan uchrashdi. Uchrashuvda zamonaviy texnologiyalarni o‘qitish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shartnomaga ko‘ra, ilk bosqichda kombinatning 100 nafar muhandis xodimi MITning ilg‘or ta’lim platformasida o‘qitiladi.