Valyuta kurslari 10/10/2025
$1 – 12123.38
UZS – 0,43%
€1 – 14094.64
UZS – 0,56%
₽1 – 149.19
UZS – 0,8%
Qidirish
“O‘ztemirYulKonteyner” kompaniyasi O‘zbekistondan Sharqiy Yevropa portlariga multimodal tashishni yo‘lga qo‘ydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "O‘zbekiston–Yevropa" yo‘nalishida konteyner tashuvlarini kengaytirish doirasida «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ tomonidan Sergeli logistika markazidan Italiya, Gretsiya va Bolgariya davlatlarining dengiz portlariga karbamid yuklari konteynerlarda jo‘natildi.

Jami 39 ta 40 futlik konteynerlardan tashkil topgan poyezd CASCA+ transport yo‘nalishi orqali Gruziyaning Poti portidan tranzit o‘tib, Burgas (Bolgariya), Pirey (Gretsiya), Neapol va Spetsiya (Italiya) portlariga yetkaziladi. Tashish muddati o‘rtacha 25–30 kunni tashkil etishi rejalashtirilgan.

Ushbu tashuvlar «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJning Yevropa yo‘nalishidagi muntazam eksport operatsiyalarini kengaytirish, hamda O‘zbekiston mahsulotlarini jahon bozorlariga tez, xavfsiz va raqobatbardosh sharoitlarda yetkazib berish imkoniyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling