Valyuta kurslari 11/07/2025
$1 – 12634.34
UZS – -0,15%
€1 – 14821.34
UZS – -0,01%
₽1 – 162.37
UZS – 0,3%
Qidirish
Iqtisod 10/07/2025 “O‘ztemiryo‘lKonteyner” AJ Lanchjou shahrida yuklarni konsolidatsiya qilish punkti ochdi va yangi shartnomalar imzoladi

“O‘ztemiryo‘lKonteyner” AJ Lanchjou shahrida yuklarni konsolidatsiya qilish punkti ochdi va yangi shartnomalar imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘ztemiryo'lkonteyner” AJ Gansu provinsiyasi bilan logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda: Lanchjou shahrida yuklarni konsolidatsiya qilish punkti tashkil etildi.

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ boshqaruvi raisi M.K. Mirxamidovning Xitoy davlatiga tashrifi doirasida 8-iyul kuni Gansu provinsiyasi Savdo departamenti rahbari Chjan Yun bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, davlatlararo temiryo‘l tashuvlari hajmini oshirish, tranzit salohiyatini mustahkamlash hamda Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha yuk oqimini jalb etish borasidagi qo‘shma sa’y-harakatlarni muhokama qildilar.

O‘z navbatida, janob Chjan ushbu yo‘nalishda subsidiya siyosatini uzaytirishga tayyor ekanini bildirib, bu Gansu – Qashgar – Markaziy Osiyo yo‘nalishi bo‘yicha barqaror yuk tashuvlarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishini ta’kidladi.

Logistika va savdo bo‘yicha Xalqaro forumning navbatdagi sessiyasi doirasida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning Gansu International Logistics Group bilan birgalikda Lanchjou erkin iqtisodiy zonasi hududida yuklarni konsolidatsiya qilish punktining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ish punkti “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ mijozlarining yuklarini konsolidatsiya qilish (birlashtirish) maqsadida tashkil etildi.

Shuningdek, hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ Xitoyning bir qator logistika kompaniyalari bilan hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumlarini imzoladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling