Valyuta kurslari 29/09/2025
$1 – 12138.67
UZS – -0,5%
€1 – 14176.75
UZS – -1,06%
₽1 – 145.36
UZS – -0,5%
Qidirish
"O‘zsuvtaʼminot" AJ Bo‘zsuv kanaliga rangli oqova suvlar tushishiga izoh berdi

"O‘zsuvtaʼminot" AJ Bo‘zsuv kanaliga rangli oqova suvlar tushishiga izoh berdi

"O‘zsuvtaʼminot" AJ Bo‘zsuv kanaliga rangli oqova suvlar tushishiga izoh berdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘zsuv kanaliga rangli oqova suvlar quyilayotgani aks etgan video tarqaldi. Shu munosabat bilan “O‘zsuvtaʼminot” AJ rasmiy bayonot berdi.

Tashkilot maʼlum qilishicha, muammo bugun paydo bo‘lgan emas.

Toshkentda maishiy oqova suvlarni (oshxona, hammom va xo‘jalik ehtiyojlaridan chiqqan suvlarni) qabul qilishga mo‘ljallangan uchta tozalash inshooti mavjud. Ular zamonaviy biologik tozalash texnologiyalari bilan jihozlangan bo‘lib, faqat maishiy turdagi oqova suvlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Bunda aynan kimyoviy tashlamalarni birlamchi korxonalar tozalashi nazarda tutilgan.

Biroq, yurtimizda tadbirkorlik va ishlab chiqarish jarayonlarining rivojlanishi va ulardan kanalizatsiyaga tashlanayotgan turli kimyoviy chiqindilar hamda tekstil korxonalardan chiqayotgan bo‘yoq qoldiqlari, yaʼni rangli suvlar inshootlarning ishiga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Aslida belgilangan meʼyorga ko‘ra, har bir ishlab chiqaruvchi korxonada lokal inshoot bo‘lishi talab etiladi. Ushbu birlamchi inshootlar korxonadan chiqayotgan kimyoviy chiqindilarni tozalashi lozim.

Ammo bunday inshootlarning ekspluatatsiyasi qimmatga tushganligi bois, afsuski, baʼzi ishlab chiqaruvchilar korxonadan chiqqan oqova suvlarni kanalizatsiyaga oqizib yuborishni afzal ko‘rmoqdalar.

Videoda qayd etilgan rangli suvlar asosan to‘qimachilik ishlab chiqarishlaridan kelmoqda, mavjud tozalash inshootlari esa bo‘yoq moddalarini to‘liq yo‘q qila olmaydi.

“O‘zsuvtaʼminot” AJ eslatib o‘tdiki, barcha korxonalar xavfli oqova suvlarni kanalizatsiya tizimi va atrof-muhitga quyishni oldini olishi shart.

Bu kabi xatti-harakatlari nafaqat ishlab chiqarish, jamiyat yoki tabiat meʼyorlariga, balki insoniylik prinsiplariga ham to‘g‘ri kelmaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling