Valyuta kurslari 14/01/2026
$1 – 12048.04
UZS – -0,42%
€1 – 14062.47
UZS – -0,51%
₽1 – 153.28
UZS – -0,35%
Qidirish
“O‘zsuvtaʼminot” 2026 yilga qadar aholining 83,5 foizini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlashni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zsuvtaʼminot” AJ kompaniyasi 2026 yilda asosiy vazifa sifatida aholining ichimlik suvi bilan qamrovini 83,5 foizga oshirishni belgiladi. Kompaniya matbuot xizmati rahbari Akmal Murodov bu borada 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar va joriy yilga mo‘ljallangan rejalar haqida brifingda maʼlumot berdi.

2025 yil natijalariga ko‘ra, tozalangan ichimlik suvi bilan birinchi marta 715 ming kishi taʼminlandi, yana 2 million 300 ming kishi sifatli suvga yaxshirlangan kirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 2 trillion 250,1 milliard so‘m mablag‘ sarf qilindi.

O‘tgan yil davomida 973 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari va 336,5 kilometr kanalizatsiya tarmoqlari o‘tkazildi, 67 ta suv taʼminoti obyektlari va 35 ta chiqindi suvni yo‘qotish obyektlari qurildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling