Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
OZONE FITNESS reklama qonunlarini buzgani uchun jarimaga tortildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasi tomonidan doimiy ravishda reklama qonunchiliga rioya qilish yuzasidan monitoring ishlari olib borilmoqda.
Olib borilgan monitoringlarda “OZONE FITNESS” MCHJ tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda nomaqbul (noto‘g‘ri) reklama-axborotlari joylashtirilganligi aniqlandi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “OZONE FITNESS” MCHJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.