Ozon tadqiqoti: har uchinchi O’zbekistonlik onlayn xaridlar evaziga o’z vaqtini tejaydi
Ozon tadqiqoti: har uchinchi O’zbekistonlik onlayn xaridlar evaziga o’z vaqtini tejaydi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O’zbekistonda Yangi yilga tayyorgarlik ko’rish borgan sari onlayn platformalarga ko’chmoqda: marketpleyslar sizning vaqtingizni tejash, shoshmasdan sovg’alar tanlash hamda bayramoldi tashvishlarda ham sovuqqonlikni saqlashingiz uchun asosiy vositaga aylanish pallasida.
Har uchinchi O‘zbekistonlik (31%) marketpleyslarsiz bayramga tayyorgarlik ko‘proq vaqt va kuch talab qilgan bo‘lishini, aholining yarmi (52%) esa onlayn xaridlar kerakli mahsulot topilmaganda qo’l kelishini qayd etadi. Ozon O‘zbekiston tadqiqoti shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik aholi uchun onlayn platformalar nafaqat odatiy xaridlarning o’rnini bosadi, balki katta shaharlardan uzoqda ham bayramni ko’ngildagidek o’tkazishni qulaylashtiruvchi yordamchiga aylanmoqda.
Yangi yil kayfiyati O’zbekiston aholisida turli, ayrim hollarda esa juda shaxsiy omillarga bog’liq. So’rovnoma ishtirokchilarining 25%i uchun — bu yorqin shahar chiroqlari va peshtaxtalar, 20%i uchun — birinchi qor, 14%i uchun esa — uyni bezatish kabi an’analarni anglatadi. Ammo, his-tuyg’ular ortidan — qanday qilib bayramga ortiqcha vasvasasiz tayyorlanish, sovg’alarni qachon va qayerdan xarid qilish kabi amaliy masalalar ketma-ket o’rin olgan.
Aynan shu bosqichda bayram tayyorgarligi rejasiga marketpleyslar qo’shiladi. Mavsumiy onlayn peshtaxtalar hamda brendlarning savdo takliflari bayram yaqinlashayotganining yana bir belgisi bo’lmoqda, ayniqsa xaridlarni hamda xo’jalik ro’zg’orini rejalashtirishga bel bog’lagan ayollar uchun bu yanada to’g’ri.
Sovg’alar — kayfiyatga, korporativ bayramlar — xohishga qarab
O’zbekistonda oilaviy sovg’alar ulashish uchun yaqqol bir namunani ajratib ko’rsatish qiyin. Ko’pgina hollarda sovg’alar aniq bir sanaga bog’lanmasdan beriladi — ishtirokchilarning 28%i shunday fikrda va bu aksariyat yoshlarga xos bo’lgan odat. An’anaviy tarzda har katta bayramga atab sovg’a berish 27% aholida saqlanib qolmoqda va bu Toshkent aholisida yaqqol ko’zga tashlanadi (42% va 19% boshqa viloyatlarda). So’rovnomada ishtirok etganlarning chorak qismi esa (26%) faqat bolalariga sovg’a beradilar.
Ish joylarida sovg‘a ulashish madaniyati me’yorida ifodalangan hamda rasmiy bir qoida sifatida emas, balki muayyan jamoalarning ichki kelishuviga ko’proq asoslanadi desa ham bo’ladi. Kompaniyalarning uchdan bir qismida (33 foiz) o’z xodimlariga sovg‘a berish odati yo’q. Hamkasblarning to‘rtdan bir qismi sovg‘alarni o‘z xohishiga ko‘ra ulashadi va har beshinchi kompaniya bir xil sovg‘alarni — ko‘pincha sertifikatlar yoki kitoblarni tanlaydi.
Korporativ bayramlarga munosabat, umuman olganda, ijobiy. O‘zbekistonliklarning deyarli yarmi (47%), ayniqsa ayollar bu kabi tadbirlarni aslo o‘tkazib yubormaydilar. Har to‘rt kishidan biri bayramga birinchi navbatda bayram dasturxoni uchun boradi. Toshkentda vazmin kayfiyatdagi xodimlar ham kam emas: poytaxtdagi har to‘rtinchi odam uyda xordiq chiqarishni afzal ko‘radi.
Shoshilinch tanlov yoki oltin o’rtalik: 34% aholi sovg’alarni 2-3 hafta oldin xarid qilishni boshlaydi
Bayramga do’konlarga sayrlarsiz va navbatlarsiz tayyorgarlik: Yangi yil oldi xaridlaridagi o’zgarishlar. O’zbekistonda Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko’rish tartibida uzoq muddatli rejalashtirish odatlari tobora qisqarib bormoqda. Faqat 11% odamlar sovg’alarni bir yoki ikki oy oldin xarid qilishni boshlaydi. Asosiy aholi tig’iz vaqt chegaralarida harakat qiladi: 34% uchun ikki-uch hafta oldin boshlash ma’qul, 23% uchun esa — so’nggi haftada, har beshinchi odam bo’lsa deyarli sanoqli kun qolganda sovg’a olishga ulguradi.
Ushbu mazmunda marketpleyslar nafaqat qulay xarid usuliga, balki vaqt taqchilligidan unumli yechimga aylanadi. Ular xaridorlarni uzoq safarlar, navbatlar yoki shoshilinch qarorlardan xalos etib, barcha jarayonlarni o’z qo’liga olishga hamda xaridlarni do’konning ish vaqtidan kelib chiqmasdan, oqshom yoki dam olish payitga taqsimlashga yordam beradi.
Aholining xarid odatlari ham ushbu o’zgarishni aks ettiradi. Deyarli 40% O’zbekistonliklar oflayn va onlayn xaridlarni amalga oshiradi, bu yoshlar segmentiga ko’proq xos bo’lgan odat. Har to’rtinchi xaridor an’anaviy xarid usullarini afzal ko’rmoqda, ammo 17% aholi marketpleyslardan maqsadli xarid usuli sifatida tanlaydi.
Onlayn xaridlarning asosiy foydali jihatlari — amaliy hamda maishiy samara. So’rovnomaga javob berganlarning uchdan bir qismidan ko’prog’i (37%) yetkazib berish tezligi va qulayligini xush ko’radi, 32% — tanlovning kengligini maqullaydi. Deyarli chorak qismi (23%) do’konlarga borishga umuman vaqt bo’lmagan paytda tez-tez onlayn xaridlar qiladi, yana uchdan bir qismi esa bunday ehtiyojga kamida bir necha marta duch kelgan.
Amalda marketpleyslar tayyorgarlikning sermehnat qismini o’z bo’yniga oladi: ular tuman markaziga bormaslik, navbatlarda turmaslik hamda yaqin-atrofdagi do’konda mavjud assortiment bilan cheklanmaslik imkoniyatlarini beradi.
Toshkent uchun — vaqtni tejash, viloyatlar uchun — keng tanlovdan foydalanish
Munosabatdagi tafovut, ayniqsa, Toshkent shahri va viloyatlar o‘rtasida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Poytaxtda marketpleyslar, avvalo, vaqtni tejaydi va dekabr oyining tig‘iz jadvalida shoshilish darajasini kamaytiradi. Shahar tashqarisida esa ular yanada muhimroq vazifani — keng assortimentdan foydalanish imkoniyatini hal qiladi.
Qolgan shahar va qishloqlar aholisi onlayn platformalar tanlovni kengaytirishini hamda oflayn assortimentdagi kamchiliklarni o’rnini bosishini ta’kidlaydi. Shunday qilib, marketpleyslar geografik chegaralarni deyarli yo‘q qiladi va aholi yashash joyidan qat’iy nazar, mahsulotlarning teng tanlovini ta’minlaydi.
Shoshilinch va ortiqcha to’lovlarsiz: onlayn xaridlar endi yangi odat
Onlayn format xaridlarga bo’lgan munosabatni ham o’zgartiradi. 39% O’zbekistonliklar uchun sovg’a tanlashda eng asosiysi — mahsulotning xususiyatlari va sifati, chorak qismi uchun esa — uning narxi. Odamlarning yarmidan ko’p qismi doimiy tarzda sharhlarni o’qiydi, takliflarni taqqoslaydi hamda qarorlarni ongli tarzda, shoshmasdan qabul qiladi.
Bu esa nazorat hissida to’g’ridan-to’g’ri namoyon bo’ladi: so’rovnoma ishtirokchilarining uchdan bir qismi (31%) onlayn xarid platformalari bo’lmaganda bayramga tayyorgarlik ko’proq vaqt va kuch talab qilgan bo’lishini tan oladi, har oltinchi esa — bularning ustiga qimmatroqqa tushishini ham qayd etadi. Narxlarni taqqoslash, chegirmalarni izlash va bepul yetkazish variantlari (ishtirokchilarning uchdan bir qismiga xos bo’lgan odatlar), endilikda noqulay tejamkorlik emas, balki bayram xaridlariga shoshmasdan, ratsional yondashish hisoblanadi.
O’zbekistonda sovg’alarga sarflanadigan mablag’lar chegaralardan tashqariga chiqmaydi: aksariyat hollarda mamlakat aholisi sovg’alar uchun 150 ming so’m sarflashni reja qilmoqda, bitta sovg’a uchun optimal narx ham ushbu qiymat chegarasida. O’z navbatida, Toshkentliklar ayrim hollarda alohida sovg’alarga ko’proq pul sarflashini ta’kidlaydilar — onlayn xaridlarning turli moliyaviy vaziyatlar uchun egiluvchan yechim bo’la olishining yana bir tasdig’i.
Natijada, O’zbekistonda Yangi yil bayramiga tayyorgarlik shoshilinchda do’konma-do’kon sayr qilish odatlaridan tobora uzoqlashib borayotganini kuzatish mumkin. Marketpleyslar bo’lsa an’analarning o’rnini egallash emas, balki kundalik hayotni yengillashtiruvchi, xo’jalik yuritishni osonlashtiruvchi hamda eng asosiysi, aholi Toshkentda yoki undan tashqarida yashashidan qat’iy nazar, betashvish bayram hissini taqdim etuvchi qulay vositaga aylanmoqda.
Tadqiqot Ozon O’zbekiston tomonidan 2025-yilning noyabr oyida o’tkazildi. So’rovnomada 600 dan ortiq mamlakat aholisi ishtirok etdi.